Jahon | 12:26 / 23.08.2018
9775
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp: AQSh har doim Ukrainaning yonida turadi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ukraina prezidentining saytida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, Tramp tabrik telegrammasida Ukrainaning «qudratli» qurolli kuchlari, mamlakat iqtisodiyoti tobora o‘sib borayotganiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

«Yodda tuting, iltimos, Qo‘shma Shtatlar xalqaro miqyosda e'tirof etilgan chegaralar doirasida o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiladigan vaqtda Ukraina bilan doimo yonma-yon turadi», - deyiladi telegrammada. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid