AQŞ prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Boltonning Associated Press'ga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar BMTni moliyalaştirişni qisqartiradi. Bolton bilan agentlik örtasidagi suhbat Houston Chronicle tomonidan keltirilgan.

Maslahatçining sözlariga köra, hozirgi paytda Amerika Qöşma Ştatlari Inson huquqlari böyiça kengaş (IHK) va Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi byudjyetining 22 foizini tölamoqda. Kelajakda uşbu tölovlar qisqartiriladi.

Boltonning ta'kidlaşiça, AQŞ hukumati xarajatlarni qisqartiriş «IHKga ta'sir körsatadi» deb hisoblaydi. Şu bilan birga, prezident maslahatçisi gap qanday miqdor haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jon Bolton Turkiya elçisini ogohlantirgandi.