Gretsiyada Ğarbiy Nil bezgagidan 11 kişi vafot etdi. Bu haqda kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş milliy markazi (KEELPNO) ma'lum qilgan.    

Joriy yilda uşbu virus 107 kişiga yuqqan, hozirda şifoxonalarda 19 kişi davolanmoqda.  

Virus Gretsiyada birinçi marta 2010 yilda aniqlangan. 2010 yildan 2014 yilgaça Gretsiyada uşbu virusdan deyarli 80 kişi vafot etgan. 2015 va 2016 yillarda u bilan boğliq birorta holat qayd qilinmagan. 2017 yilda 48 kişi kasallangani va 5 kişi vafot etgani ma'lum qilingan.

Ğarbiy Nil bezgagi çivinlar orqali taşiladi. KEELPNO şu sababli çivinlar çaqişidan himoya vositalarini qöllaşni tavsiya qiladi.

Virus markaziy asab tizimida asoratlarga – ensefalit, falajlikka olib kelişi mumkin. Uşbu kasallikning alomatlari isitmalaş, boş oğriği, muşaklarda oğriqlar, köngil ayniş, qayd qiliş, ba'zida toşmalar va limfa bezlari kattalaşişi hisoblanadi. Agar öz vaqtida tibbiy yordam sörab murojaat qilinmasa, ölimga olib kelişi ham mumkin.