AQŞ Adliya vazirligi va Qimmatli qoğozlar hamda birjalar böyiça komissiyasi Vengriya hukumat muassasalariga Microsoft dasturlarni sotişda poraxörlik va korrupsiya böyiça holatlarni tekşiruvdan ötkazmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.
Manbalar söziga köra, gap 2013 va 2014 yillarda Vengriyadagi vositaçi firmalarga Word hamda Excel dasturlarini sotiş masalasi haqida ketyapti. Uşbu kompaniyalar Microsoft dasturiy ta'minotini çegirma bilan sotib olib, söng uni Vengriya davlat taşkilotlariga yanada yuqori narxlarda sotişgan.
Ta'kidlanişiça, tergovçilar vositaçi firmalarni narxlardagi farq rasmiylarga pora beriş uçun işlatilganida gumonlaşmoqda. Ayni paytda Microsoft kompaniyasi uşbu bitimlarga jalb qilingan xodimlarni işdan böşatdi va tergov bilan hamkorlik qilmoqda.












