Afğoniston hukumati rasmiylari Moskvada yoki boşqa joyda «Tolibon» harakati vakillari bilan faqat tinçlik muzokaralariga tayyorlik namoyiş etilgandagina uçraşadi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Afğoniston taşqi işlar vazirligi bayonotiga asoslangan holda xabar tarqatgan.
Bundan avvalroq Afğoniston TIV rasmiysi Sibğatulla Ahmadiy rasmiy Kobul «Moskva formati»dagi muzokaralarda iştirok etmasligi, bu qaror AQŞ pozitsiyasidan mustaqil ravişda qabul qilingani haqida aytib ötgandi.
«Afğoniston hukumati delegatsiyasi «Tolibon» harakati töğridan-töğri tinçlik muzokaralariga tayyorliklarini namoyiş etişsa, uçinçi joyda muzokaralarda qatnaşişga rozi böladi», deyilgan bayonotda.
Qayd etilişiça, «Tolibon» hozirda tinçlik muzokaralariga tayyor emas, ular xalqaro va mintaqaviy prinsiplarga zid iş tutişmoqda.
Afğoniston tomoni «Moskva formati»dagi muzokaralarda «Tolibon» harakati vakillari iştirok etişiga zarurat yöq, deb hisoblamoqda.
Bundan avvalroq Reyter agentligi öz manbalariga asoslangan holda «Tolibon» vakillari 4 sentabr kuni Moskva şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Afğoniston böyiça muzokaralarda iştirok etişi haqida xabar tarqatgandi.
RF Taşqi işlar vazirligi esa «Moskva formati» böyiça muzokaralarga jami 12 davlat vakillari, jumladan, AQŞ ham taklif etilganini bildirdi. Qayd etilişiça, muzokaralarga toliblarning Dohadagi vakolatxonasi taklif qilingan.
AQŞ Davlat departamenti vakili ma'lum qildiki, AQŞ Moskvadagi uçraşuvda iştirok etmoqçi emas, çunki bunday format samarali bölişiga işonç yöq.












