Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboşi şahriga taşrif buyurdi.
Özbekiston rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi örinbosari E.Orazgeldiyev va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.
Prezident bugun Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta'sisçi davlatlari rahbarlari kengaşining majlisida iştirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxşilaşda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari körib çiqiladi.
Şuningdek, davlat rahbari Turkmaniston Prezidenti bilan uçraşuv ötkazadi.












