Taksichilarning bayramoldi sovg‘asi: narxlar yana ko‘tariladi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekistonda bayramlar boshlanishi bilanoq, taksi haydovchilari yo‘lkira narxlarini ko‘tarib yuboradi.
Farg‘ona vodiysiga borishni istasangiz, bu ayniqsa seziladi. Misol uchun, Qurbon hayiti bayrami arafasida narxlar 80 ming so‘mga ko‘tarildi. Endi narxlar yana o‘sishni boshladi. Nima uchun? Sababi yaqinda Mustaqillik kuni. Odamlarning kayfiyatini ko‘tarish kerak, axir.
Shu bilan birga, ko‘plab taksi haydovchilari noqonuniy ravishda ishlaydilar, ya'ni ular litsenziya yoki soliqlarni to‘lamaydilar.
Beshta taksi haydovchisi bilan suhbatlashildi, ular hujjatsiz ishlayotganlarini ta'kidlab o‘tdi.
«Ba'zan soliqchilar tekshiradi. Umuman olganda, hech qanday muammolar yo‘q. Deyarli 7 yildan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Meni faqat bir marta to‘xtatishgan, ammo ish joyida «hal» qilingan», - deya aytib o‘tdi taksi haydovchilaridan biri.
Aytgancha, taksi haydovchilari hayotdan doimo noliydilar, ularga hamma narsa qimmatga tushayotgani, oilani boqish kerakligi va hokazolar haqida.
«Har bir yo‘lovchi sizga 75 ming so‘mdan to‘laydi. Natijada, siz 300 ming olasiz. Avtomobil «gazda» bo‘lgani uchun siz maksimum 40 ming sarflaysiz. Bir yil davomida standart narxga ega bo‘lish mumkin emasmi?» - deya so‘ragan Kun.uz ekspertlaridan biri.
Haydovchi hayotidan noliy boshladi (bu haydovchilarning o‘zini oqlash uchun standart usuli - tah.). Ma'lum bo‘lishicha, u svechalar, ballonlar, motor moyini tez-tez o‘zgartiradi, hamma narsa qimmat turadi, yaqinda qizini turmushga beradi, mebel sotib olish kerak. To‘xtovsiz nolish.
O‘z navbatida, savol tug‘iladi. Yo‘lovchilar haqida kim o‘ylaydi? Ishoning, ko‘plab yo‘lovchilarda ham muammolar yetarlicha. Yoki haydovchilar har bir yo‘lovchidan 75 ming so‘mni olsinlar, ammo har oy soliqlarni to‘lasinlar yoki litsenziya bo‘yicha ishlashsin.
Farg‘ona vodiysiga borishni istasangiz, hozir siz kamida 60 ming so‘m to‘lashingiz kerak.
Keyingi haftada narxlar 80 ming so‘mga ko‘tariladi, ikki haftadan so‘ng, vodiydan Toshkentga qaytayotganda esa, yo‘lovchilar yana 70-80 ming so‘mdan to‘lashga majbur bo‘ladi.
Shu bilan birga, ba'zilar «talab va taklif» iqtisodiyot qonunlari bilan o‘zini oqlaydi, lekin hech kimni o‘zbek taksi haydovchilarining qonuniy faoliyati qiziqtirmaydi.
Darvoqe, «pochta» haqida.
Hayotidan doimo noliydigan haydovchilar, yo‘lovchilar bilan bir qatorda, «pochta»larni ham olishadi.
Misol uchun, haydovchilarning biri Farg‘ona vodiysiga yetkazib berish uchun 3ta hujjat va 2ta posilka olgan. Kun.uz ekspertining ta'kidlashicha, har bir hujjat uchun u 15 ming so‘mdan, ikkita posilkaga 40 ming so‘m olgan.
To‘rt yo‘lovchi - 300 ming, plyus «pochta» - 85 ming so‘m. Yakunda 385 ming so‘m. Metan yoqilg‘i quyish shoxobchasida u maksimum 40 ming so‘m sarflaydi. Hech qanday soliq to‘lamaydi, litsenziya yo‘q.
Biroq, ko‘plab haydovchilar uchun hayot juda «qiyin va og‘ir». Go‘yoki hamma joyda muammolar - ularning bari taksichilarga qarshi.
Yaqinlashib kelayotgan bayram bilan: narxlar bir necha barobarga ko‘tariladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

19:07 / 01.07.2025
YHXX: Haydovchi YPX xodimiga hujjatlarining aslini taqdim etishi shart

14:16 / 25.06.2025
Haydovchi mashinani qulflaganidan keyin oynaning ko‘tarilishi bolaning bo‘ynidan qisib qoldi

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

09:57 / 04.06.2025