
Mamlakatimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar xalq bilan muloqot prinsipiga ğoyat uyğun va hamohang bölib, jumladan ta'lim tizimiga doir strategik özgarişlar ham bu borada olib borilayotgan maqsadli islohotlar sirasiga kiradi.
Bunga misol sifatida, Özbekistonda yana bir nodavlat oliy ta'lim muassasasi - Toşkent şahridagi Yeoju texnika institutini taşkil etilganini keltiriş mumkin.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-24 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat taşrifiga bağişlab ötkazilgan Koreya-Özbek «Biznes-Forum»i doirasida, koreyalik va özbekistonlik hamkorlar örtasida Toşkent şahrida Yeoju texnika institutini taşkil qiliş haqida Memorandum imzolangan edi.

Şu sababli, 2018 yil 24 iyul kuni Toşkent şahridagi Yeoju texnika instituti (keyingi örinlarda Institut) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasidan Özbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim sohasida ta'lim xizmatlarini körsatiş uçun davlat litsenziyasini oldi.

Toşkent şahrida Yeoju texnika institutining taşkil etilişi Respublikamizda yangi iş örinlar yaratilişi bilan bir qatorda, nodavlat va davlat ta'lim sektori örtasida soğlom raqobat muhitining paydo bölişi, yoşlarning özlari hohlagan va innovatsion yönalişlar böyiça ta'lim olişi, ta'lim va sanoatning çambarças boğlanişi, ta'lim va kadrlar sifatini oşişi, davlat byudjyetiga tuşumlarni köpayişi va byudjyetdan qoplanadigan sarf xarajatlarni kamayişi va ta'limga oid boşqa masalalarning ijobiy yeçimiga olib keladi.



















