2018 yil 24 avgust kuni Tergov departamentida Oliy sud, Boş prokuratura va Içki işlar vazirligining tergov tizimlari xodimlari bilan videokonferentsaloqa yordamida ötkazilgan yiğilişda sud-huquq tizimidagi ustuvor vazifalarga yana bir bor töxtalib ötildi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tergov bölinmalari tomonidan ayblov xulosalari bilan sudlarga yuborilgan hamda sud muhokamasi natijasiga köra oqlov hukmi çiqarilgan jinoyat işlari yuzasidan tergov davrida yöl qöyilgan kamçiliklar tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga köra, 2018 yilning 7 oyida 68 ta jinoyat işi böyiça 77 nafar şaxs oqlangan.
Bu körsatkiç ötgan yilning şu davrida 14 nafarni taşkil etgan.
Yiğiliş tanqidiy ruhda ötkazilib, Boş prokuratura, Oliy sud va Tergov departamenti vakillari tomonidan kelgusida tergov sifatini oşiriş böyiça bir qator çora-tadbirlar belgilandi.

Bunda asosiy e'tibor jinoyat işlarini soniga emas, balki sifatiga qaratilib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş hamda aybi bölmagan heç bir şaxsni javobgarlikka tortilmasligi ustuvor vazifa etib belgilandi.











