AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jon Bolton Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev bilan uçraşuvda, agar Suriya Arab Respublikasi hukumati mamlakat hududida kimyoviy qurol işlatadigan bölsa, Vaşington Suriyaga zarba berişi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg öz manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Qöşma Ştatlar Suriya hukumati mamlakat muxolif kuçlariga qarşi kimyoviy qurol işlatişi mumkinligiga oid ma'lumotga egadir.

Ta'kidlanişiça, Bolton Vaşington bunday «kimyoviy hujum» röy beradigan bölsa, Suriya Arab Respublikasiga nisbatan jiddiy harbiy javob berişga tayyor.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Suriyada kim IŞID örnini egallaşini ma'lum qilgandi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya sözlariga köra, Suriyada IŞID guruhi terrorçilarining örniga «Al-Qoida» jangarilari kelişi mumkin.