Özbekistonlik sportçilar Osiyo öyinlarining oltinçi kunida 10ta sport turi böyiça iştirok etişdi va ikkita medal qölga kiritişdi.

Akademik eşkak eşiş

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Şaxboz Xolmurzayev yakkalik bahslarida törtinçi böldi.

Törtlik bahslarida iştirok etgan sportçilarimiz (U.Davronov, F.Astanov, A.Muhamadiyev, Ş.Abdujabborov) finalda törtinçi örinni egallaşdi.

Sakkiztalik bahslarda startga çiqqan sportçilarimiz (A.Yarov, D.Bahriyev, I.Mambetnazarov, D.Xursanov, Ş.Najmiyev, O. Rahimov, Ş.Hakimov, Z.Usmonov, A.Krasnov)marraga ikkinçi bölib yetib kelişdi va kumuş medalni qölga kiritişdi.

Jiu-jitsu

-69 kg vazn toifasidagi Homidjon Möminov va Asadullo Bozorov nimçorak finaldayoq turnirni tark etişdi.

56 kg vazn toifasidagi Akmal Amirov va Doston Röziyev esa çorak finalga çiqqandi. Bu sportçilar yarim finalga yöllanma olişolmadi va bronza medal uçun ötiş öyinlarida iştirok etişdi. Doston Röziyev ötiş öyinida turkmanistonlik Kemal Meredovga yutqazdi (3:6), Amirov esa qozoğistonlik Kuandik Konisov ustidan sof ğalabaga erişdi. 

Akmal Amirov bronza medali uçun boşqa bir qozoğistonlik sportçi Saydali Nurjon bilan bellaşdi va yutqazdi.

Pençak silat

Pençak Silat böyiça -65 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Abdumalik Salimov ilk jangida eronlik Muhammad Rahimbalani 3:0 hisobida mağlub etdi va yarim finalga yöl oldi. U yarim final jangini 26 avgust kuni indoneziyalik Pratama Iqbol Sandraga qarşi ötkazadi.

-55 kg vazn toifasidagi Munisa Rabbimova esa ilk jangdayoq vetnamlik Tran Ti Temga yutqazib, iştirokini yakunladi.

Golf

Özbekistonlik golfçilar jamoasi 20 jamoa orasida 19-örinni egalladi. Yakkalik bahslarda ham Özbekiston vakillari quyi örinlarni band etişdi - Kanatbek Kurbanaliyev - 75, Ten Roman - 78 va Sergey Çen - 81.