Özbekiston iqtisodiy va intellektual salohiyati tufayli Rossiya uçun jozibador mamlakatdir. Bu haqda Toşkentda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin ma'lum qildi.
«Özbekiston turli sohalarda, jumladan, sarmoya sohasidagi özaro manfaatli hamkor sifatida eng jozibador mamlakatdir. Maksimal iqtisodiy, intellektual salohiyatga ega, boy tabiiy resurslarga ega istiqbolli mamlakat. Biz özaro munosabatlarimizning dinamikasi kun sayin tez sur'atlarda rivojlanayotganidan mamnunmiz», - dedi Oreşkin Özbekiston Moliya vazirligida bölib ötgan uçraşuvda.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya ikki mamlakat örtasida «savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş uçun köplab yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga tayyor».
Uçraşuvning eng asosiy mavzularidan biri - joriy yil oktabr oyiga rejalaştirilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga amalga oşiradigan davlat taşrifi böldi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya majlisining kun tartibini körib çiqdilar, şuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş böyiça tajriba almaşiş uçun birgalikda işçi guruhlar tuzişni rejalaştirdilar.













