Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yil oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi
Samarqandda yilning oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Camarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti joriy yilning 17-18 mart kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida turistlar oqimining keskin ko‘payishini inobatga olib, 2018-2019 yillarda 25ta mehmonxona qurish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Uning ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida 44ta loyiha takliflari shakllantirildi. Bugungi kunda 28ta loyiha bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Yilning oxiriga qadar 12ta mehmonxona foydalanishga topshiriladi. Qolgan 15tasi 2019 yil oktabr oyiga qadar va 17tasi 2020 yil mart oyiga qadar ishga tushiriladi.
Natijada 7 mingdan ortiq turistga mehmonxona xizmati ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Uy mehmonxonalarini tashkil etish bo‘yicha 5 fuqaro tomonidan amaliy ishlar boshlangan.
Bugungi kunga qadar, turistik firmalar tomonidan 6 ta avtobus va 11 ta mikroavtobus xarid qilingan.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar - iyun oylarida viloyatga 160 mingdan ortiq xorijiy va 1 mln.ga yaqin mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026