Soğliqni saqlaş vazirligini Soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot vazirligi etib qayta taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidentining jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilingan soğliqni saqlaş va ijtimoiy ta'minot tizimlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi farmoni loyihasida söz boradi.

“Xalq sözi” naşrining yozişiça, vazirlik faoliyatining asosiy yönalişlari quyidagilar bölişi mumkin:

- fuqarolar soğliğini saqlaş, aholiga töliq va öz vaqtida tibbiy xizmat körsatiş sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş;
profilaktik tibbiyot ustuvorligini ta'minlaş, soğlom turmuş tarzini joriy etiş, aholining tibbiy madaniyati va savodxonligini oşiriş, eng avvalo salomatligi uçun javobgarlik hissini tarbiyalaş;

- aholining reproduktiv salomatligi va onalar salomatligini muhofaza qiliş, millat genofondini yaxşilaş maqsadida soğlom avlod tuğilişi va uni tarbiyalaş uçun qulay şaroitlarni yaratiş, aholi hayoti davomiyligini va sifatini oşiriş;
jamoat salomatligi va aholining sanitar-epidemiologik farovonligini rivojlantiriş sohasida davlat siyosatining asosiy yönalişlarini işlab çiqiş;

- aholiga körsatilayotgan dastlabki, tez, şoşilinç va ixtisoslaşgan tibbiy yordamning hammabopligi va tezkorligi darajasini oşiriş;

- tibbiyot fanlarini rivojlantiriş, ilmiy tibbiy islohotlar samaradorligini oşiriş, ilm-fan, texnika va ilğor tajribalarini soğliqni saqlaş amaliyotiga joriy etiş, oliy va örta maxsus tibbiy hamda farmatsevtik ta'limni rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqiş va prognozlaş;

- nogironligi bölgan şaxslar, jumladan nogironligi bor bolalar, uruş qatnaşçilari, veteranlar, yolğiz keksalar va aholining boşqa zaif qatlamlariga körsatilayotgan ijtimoiy yordamni tabaqalaştiriş va manzilligini kuçaytirişga qaratilgan ijtimoiy siyosat mexanizmlarini takomillaştiriş;

- nogironlikdan ogohlantiriş, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga manzilli ijtimoiy yordam körsatiş, ularga körsatilayotgan ijtimoiy yordam darajasi va sifatini oşiriş böyiça çoralarni takomillaştiriş;

- keksalar va nogironligi bölgan şaxslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va ijtimoiylaştiriş, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uslublarini joriy etiş çoralarini takomillaştiriş;