Tojikiston toğlarida Rossiya, MDH, Yevropa davlatlari va AQŞdan 33 alpinist 2 haftadan köproq vaqtdan beri evakuatsiya qilinişlari uçun turoperatordan vertolyot yuborilişini kutişmoqda. Bu haqda turistik guruh vakili Vadim Pipiç ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Pipiçning aytişiça, muammolar 12 avgustda toğlarda 5 kişining halokati bilan yakunlangan avariyadan keyin boşlangan. Şu kuni turoperator alpinistlarni evakuatsiya qilişga vertolyot jönatgan. Alpinistlardan bir qismi evakuatsiya qilingan, biroq Mi-8 vertolyotining avariyaviy qönişi oqibatida ulardan 3 nafari va 2 ekipaj a'zosi halok bölgan. Hammasi bölib vertolyotda 15 alpinist bölgan. Ma'lum qilinişiça, voqeaga murakkab ob-havo şaroitlari sabab bölgan.
Pipiçning ta'kidlaşiça, Pamir Peaks turoperatori odamlarni 25 avgustda evakuatsiya qilişga va'da bergan. Biroq bunday va'dalar avval ham bir neça marta berilgan, biroq vertolyot 2 haftadan beri jönatilmayapti. Pipiçning ma'lum qilişiça, Pomir toğ tizmasida 4 ming metr balandlikdagi lagerda 30 ga yaqin odam qolmoqda. Ta'kidlanişiça, köpçilik alpinistlar angina, içburuğ, qöl-oyoqlarining sovuq yeyişidan aziyat çekişmoqda, ularning oziq-ovqatlari tugagan.
Ma'lum qilinişiça, turistik guruh a'zolarining har biri turoperatorga safar uçun 2,5 ming dollardan tölagan. Bu pul içiga ularni transportirovka qiliş ham kirgan.
















