Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov «Avaza» sayyohlik hududida ötkazilgan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta'sisçi davlatlari rahbarlari sammiti doirasida Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi. Bu haqida Turkmaniston taşqi işlar vazirligi xabar qilgan.
Davlat rahbarlari siyosiy, iqtisodiy, ekologik, energetika, transport va boşqa muhim sohalarda hamkorlik qiliş uçun yangiça yondaşuvlarni işlab çiqiş va tayyorlaş zarurligini ta'kidlaşdi.
«Turkmen dovlet xabarlari» davlat agentligi bergan ma'lumotga köra, ikki mamlakat energetika va transport kabi strategik sohalar böyiça yirik qöşma loyihalarni bajarişga e'tibor qaratişni maqsad qilgan. Tomonlar Turkmanboşi şahrida Kaspiy dengizi böylab zamonaviy suv transport tizimini rivojlantiradigan xalqaro dengiz bandargohining ahamiyati va natijada, mintaqada multimodal infrastruktura şakllanganligini alohida ta'kidlaşgan.
Aşxobod va Ostona savdo-iqtisodiy şerikçilik, şartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantiriş, gaz, qişloq xöjaligi, transport, atrof-muhit va baliqçilik sohalarida manfaatli hamkorlik masalalarini körib çiqişadi.
Qozoğiston Markaziy Osiyo gazini Xitoyga yetkazib beriş böyiça ulkan loyihada qatnaşadi. Xitoy milliy neftgaz uyuşmasi (SNPC) 2009 yildan beri Özbekiston va Qozoğiston hududlari orqali ötuvçi turkman yoqilğisini sotib oladi.
Bundan taşqari, 2014 yil dekabrda Qozoğiston-Turkmaniston-Eron transmilliy temiryöl magistrali qurilişi yakunlandi. Uşbu yöl orqali har yili 10-12 mln. tonna yuk olib ötilişi mumkin.
2016 yil Qozoğiston Markaziy Osiyo – Yaqin Şarq (Özbekiston-Turkmaniston- Eron-Ummon) transport yölagi loyihasiga qöşilgandi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari uçun Fors qöltiğiga çiqişda eng qulay marşrut vazifasini bajaradi.












