Bugun Indoneziyadagi Osiyo öyinlari doirasida yettinçi kun bahslari ötkazilmoqda.
Jiu-jitsu böyiça bahslarda Ilhom Jörayev çorak finalda quvaytlik Emad Alsumaidni 3:0 hisobida mağlub etdi va yarim finalga yöl oldi.
Jiu-jitsuda bir sportçimiz mağlub böldi. -62 kg vazn toifasida yurtimiz şarafini himoya qilgan Rahimjon Subxonov qirğizistonlik Alimgeldi Abdijamil Uuluga 0:2 hisobida yutqazdi. Jahongir Mirahmedov nimçorak finalda BAA vakili Sakl Almarzuiga 0:100 hisobida mağlub böldi.
Yengil atletikaning balandlikka sakraş bahslarida hamyurtimiz Dmitriy Melsitov ilk urinişda 2,05 natijani qayd etdi.
Yengil atletikaning marafon musobaqasida Andrey Petrovning iştiroki nihoyasiga yetdi. Hamyurtimiz 2:26:52 natija bilan marraga töqqizinçi bölib yetib bordi. U birinçi örinni qölga kiritgan yaponiyalik Xiroto Inouedan 8,30 daqiqa ortda qoldi.












