Özbekiston boks terma jamoasining -60 kg vazn toifasidagi vakili Şunqor Abdurasulov Osiyo öyinlari çorak finaliga yöl oldi.
Nimçorak finalda u filippinlik Jyeyms Palistega qarşi ringga kötarilib, mutlaq ustunlikka erişdi va 5:0 hisobida ğalaba qozondi.
Endi u çorak finalda 28 avgust kuni qirğizistonlik Argen Qodirbek öğliga qarşi jang qiladi.
Bundan avvalroq -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov ham ilk jangda ğalaba qozonib, çorak finalga yöl olgandi.
Bugun Özbekiston boks jamoasining yana bir vakili, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov nimçorak final doirasida xitoylik Qiong Maimaititu Ersun bilan jang qiladi.












