Bugun, 26 avgust kuni Indoneziyadagi Osiyo öyinlarida elektron sportlari (eSport) musobaqasi start oldi, deb xabar bermoqda Infocom.uz.
eSport musobaqasi körgazmali tarzda ötkaziladi, ya'ni bunda medallar öynalmaydi. Turnirda Özbekiston terma jamoasi nomidan elektron sport federatsiyasi a'zosi, Toşkentning «Lokomotiv» klubi kiberatleti Sanjar Usmonov iştirok etadi.
Musobaqa 26 avgustdan 1 sentabrgaça davom etadi va 6ta yönaliş böyiça ötkaziladi: Arena of Valor, Clash Royale (şaxsiy hisob, mobil platforma), Hearthstone, League of Legends (jamoaviy öyin), Pro Evolution Soccer (jamoaviy öyin), Starcraft II (şaxsiy hisob).
eSport turnirida jami 18ta mamlakat vakillari qatnaşadi. 6ta yönalişning har birida 8 nafar kibersportçi iştirok etadi. Ular 6-20 iyun kunlari saralaş öyinlari orqali tanlab olindi. Indoneziya terma jamoasi mezbon sifatida har bir yönalişda bitta öringa ega böladi.
Özbekiston kiberatletlari Hearthstone, League of Legends , Pro Evolution Soccer va Clash Royale böyiça saralaş öyinlarida iştirok etişdi. Biroq, faqat Sanjar Usmonov Clash Royale böyiça saralaşda qirğizistonlik kiberatletni yengib, Osiyo öyinlari yöllanmasiga ega bölgandi.
Clash Royale böyiça musobaqa 27 avgust kuni boşlanadi va unda hamyurtimiz vetnamlik kibersportçi bilan bellaşadi. Turnir iştirokçilari iPhone smartfonlaridan foydalanişadi.












