Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon IIB noqonuniy ov quroliga ega bo‘lgan 94 nafar fuqaroni aniqladi

Joriy yilning 22 avgust kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida tumanning “Dehqonchek” MFY da yashovchi fuqaro Sh.O‘.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda IJ-18 rusumli ov quroli, 21 dona gilzalar, 35 dona 5.6 mm.li o‘qlar noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar beradi Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro Sh.O‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248 moddasida belgilangan “Tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek, o‘q dorilar saqlaganligi uchun” jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi JKning 248 moddasida “O‘qotar qurol, o‘q dorilar, portlovchi moddalar, portlovchi qurilmalarni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi” belgilab qo‘yilgan.

Andijon viloyati IIB Ekspert kriminalistika bo‘limida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tergov va surishtiruv organlarining qarorlariga asosan ichki ishlar idoralariga topshirilgan 94 dona ov qurollari ekspertizadan o‘tkazildi. 94 nafar ov quroli saqlab kelayotgan fuqarolarning ixtiyoriy ravishda topshirganligi inobatga olinib, ular jinoiy javobgarlikka tortilmagan.
Mavzuga oid
14:01 / 07.10.2025
Andijonda qalbaki pullarni sotgan shaxslar ushlandi
15:52 / 16.05.2025
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi
17:40 / 12.11.2024
Andijonda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi
20:50 / 11.06.2024