Davlat xaridlarini ötkaziş böyiça xizmatlarni körsatiş huquqiga ega bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Ixtisoslaşgan taşkilot – belgilangan talablarga muvofiq keladigan, davlat buyurtmaçilariga davlat xaridini ötkazişni taşkil etiş böyiça pullik xizmatlar körsatadigan yuridik şaxs.
Masalan, u tovar (iş, xizmat)larning boşlanğiç narxini belgilaydi, marketing va boşqa tadqiqotlarni ötkazadi, reklama işlarini taşkil etadi, xabarnomalarni, e'lon matnlarini va xarid hujjatlarini, şartnomalar loyihalarini rasmiylaştiriş bilan şuğullanadi, xarid tartib-taomilini taşkil etişda iştirok etadi va h.k. Ixtisoslaşgan taşkilot özi taşkilotçi bölgan xarid qiliş tartib-taomili iştirokçisi sifatida iştirok eta olmaydi.
Ixtisoslaşgan taşkilotlarni tanlaş davlat buyurtmaçisi tomonidan alohida röyxatda mavjud bölgan ixtisoslaşgan taşkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oşiriladi. U LBMA saytida e'lon qilinadi va har oyda yangilanadi.
Bu röyxatga kiriş uçun ixtisoslaşgan taşkilot quyidagi talablarga muvofiq kelişi kerak:
• Özbekistonda röyxatdan ötkazilgan yuridik şaxs bölişi;
• Ta'sisçilar orasida davlat xaridi sub'yekti: davlat buyurtmaçisi, xarid tartib-taomili iştirokçisi, davlat xaridlarining ijroçisi, xarid komissiyasi, maxsus axborot portali operatori yoki ekspert bölmasligi;
• ta'sisçilar jumlasida offşor hududda röyxatdan ötkazilgan kompaniyalarning mavjud emasligi;
• ştatida xizmat körsatiş böyiça amaliy tajribaga ega bölgan bir nafardan kam bölmagan xodimga ega bölişi;
• maxsus axborot portaliga ulaniş imkonini ta'minlovçi dasturiy texnik qurilmaga ega bölişi.
Sanab ötilgan mezonlarga muvofiq keladigan taşkilot röyxatga kiritiş töğrisidagi ariza (tasdiqlangan şakl böyiça) bilan LBMAga murojaat qilişi mumkin. Murojaat 5 kalendar kuni davomida körib çiqiladi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuçga kirdi.












