Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo öyinlari davom ettirilmoqda.
Özbekiston boks terma jamoasi a'zosi, -64 kg vazn toifasida turnirga kelgan Iqboljon Xoldorov nimçorak final bosqiçi doirasida iordaniyalik Alkasbi Obadaga qarşi jang ötkazdi.
Jangda töliq ustunlikka erişgan özbekistonlik sportçi 5:0 (30:27, 30:27, 329:28, 29:28, 30:27) hisobida ğalaba qozondi va çorak finalga yöl oldi.



Uning keyingi raqibi janubiy koreyalik Lim Hyunsuk böladi.
Bundan avvalroq -49 kg vazn toifasida Hasanboy Dösmatov çorak finalga çiqqandi. U keyingi bosqiçda qirğizistonlik Mirlan Turkbay öğli bilan kuç sinaşadi.
Bugun nimçorak final doirasida yana ikki özbekistonlik boksçi öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazadi. - 56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammad bilan, -75 kg vazn toifasidagi Isroil Madrimov möğulistonlik Davasuren Davanyam bilan ringga çiqadi.
















