Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida boks böyiça «Gubernator kubogi» sovrini uçun musobaqa yakunlandi.
Turnirning final bosqiçida özbekistonlik 3 nafar boksçi - Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uçun bahs olib bordi.
Bu boksçilarning barçasi jangni ğalaba bilan yakunlab, öz vazn toifalarida musobaqaning oltin medaliga ega bölişdi. Ğolib va sovrindorlar yaqin ötmişning maşhur boksçisi Roy Jons tomonidan taqdirlandi.
-56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya) 4:1
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya) 5:0
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya) 3:2


Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabariga köra, 20ga yaqin mamlakat vakillari iştirok etgan mazkur xalqaro musobaqada Özbekiston terma jamoasi 3ta oltin medal bilan umumjamoa böyiça birinçi örinni egalladi.

















