Bugun, 5 may kuni boks böyiça Özbekiston terma jamoasi vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga yöl olişdi.

Özbekistonlik boksçilar 6-12 may kunlari bölib ötadigan an'anaviy «Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi» musobaqasida iştirok etişadi. Turnirda 4 qit'aning 20dan ziyod mamlakatidan keladigan boksçilar jam bölişadi.

Özbekiston terma jamoasining uşbu xalqaro turnirga yöl olgan tarkibi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Zoir Jumanazarov
-69 kg: Iqboljon Xoldorov
-75 kg: Fanat Kahramonov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Obidjon Tohirov

Murabbiylar: Rahmatjon Rözioxunov, Abduvohid Jalolov