Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakat Ğarb tomonidan Rossiyaga qarşi joriy etilgan sanksiyalardan foyda olişga harakat qilayotgani haqidagi taxminlarni «ahmoqlik» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Lukaşenkoning sözlariga köra, u sanksiyalar masalasida «siçqon öyin öynamaydi», Belarus esa Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiya çeklovlaridan «heç narsa ololmaydi».
«Bu yerda heç qanday yaşirin oqimlar yöq - zaiflaşib qolgani yoki zaiflaşayotgani yoxud yomon holatda bölgani uçun Rossiyani egiş lozim emas», - deya ma'lum qildi Lukaşenko.
Uning qöşimça qilişiça, bunday yondaşuv heç qaçon bölmagan. Belarus yetakçisining ta'kidlaşiça, bunday pozitsiya «butunlay ahmoqlik» böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Lukaşenko Belarus heç qanday davlatning «vassali» bölmasligini bildirgandi.












