Singapurdagi eng yirik NATAS Holidays 2018 turistik körgazmasida Özbekistonning sayyohlik imkoniyatlari ilğor texnologiyalar, jumladan virtual reallik texnologiyalaridan foydalangan holda namoyiş etildi. Mamlakatimizning körgazmadagi stendi Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, uning Toşkent şahridagi departamenti, Singapurdagi Özbekiston elçixonasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.


Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmatida qayd etilişiça, Singapurdagi körgazma stendi iştirokçilari bu közoynak orqali özlarini Özbekiston şaharlarining diqqatga sazovor joylarida bölgandek his qilişgan.

Virtual reallikning uşbu innovatsion mexanizmi mamlakat turistik salohiyatini töğri baholaş va mehmonlarni Özbekistonga taşrif buyurib, barçasini öz közlari bilan körişga undaydi.


Körgazma mehmonlari Özbekiston stendini jihozlaş işlari va turistik salohiyat taqdimotiga yondaşuvni yuqori baholaşdi.
















