"Özbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvçi neft-gaz tarmoği taşkilotlarining foydalanilmayotgan va ixtisosli bölmagan aktivlarini ommaviy savdolarda xususiy mulkka sotiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida aytilgan.

Bu «Özbekneftgaz» AJ taşkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlaş va yaxşilaş uçun amalga oşirilmoqda.

Röyxatda 150dan ortiq aktiv mavjud. Ulardan 17tasida kompaniyalar ustav kapitalidagi uluş.

Ular orasida: «Buxoro neftegazişçita'minot» MÇJ, «Agro Plyus Neftegaz» MÇJ, «Karbonam» MÇJ, «Modellar uyi galereyasi» MÇJ, «Muruvvat-Teks Xorazm», «Naglgaz maxsuskuriliş» va boşqalar bor.

Agar obekt oçiq savdolarga qöyilgan kundan keyin uç oy mobaynida sotilmasa, tadbirkorlarga uni 10 yilgaça pulni bölib-bölib tölaş şarti bilan sotib oliş imkoni beriladi. Şu bilan birga, oldindan tölov aktivning bozor qiymati kamida 15% bölişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekneftgaz»ning ixtisosli bölmagan aktivlari xususiy biznesga ötişi xabar qilingandi.