Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz»ning ixtisosli bo‘lmagan aktivlari xususiy biznesga o‘tadi
Vazirlar Mahkamasining “Neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, "O‘zbekneftgaz" AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ro‘yxat bo‘yicha foydalanilmayotgan va ixtisosli bo‘lmagan aktivlarini ommaviy savdolarda xususiy mulkka sotish;
nazarda tutilgan aktivlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilgari qabul qilingan qarorlariga muvofiq sotilishi kerak bo‘lgan aktivlarni, ular ommaviy savdolarga qo‘yilgan kundan boshlab uch oy mobaynida sotilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub'yektlariga, shu jumladan, kichik sanoat zonalarida yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlariga to‘lovlarni o‘n yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bilan bozor qiymati bo‘yicha sotish;
neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ro‘yxat bo‘yicha aktivlarini qoldiq (balans) qiymati bo‘yicha ulardan keyinchalik samarali foydalanish uchun davlat mulki sifatida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga operativ boshqaruvga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
nazarda tutilgan aktivlar ushbu qaror qabul qilingunga qadar ijara shartnomalari asosida foydalanishga berilgan taqdirda, ijaraga oluvchi ijaraga olinadigan aktivni sotib olishda ustunlik huquqiga ega bo‘ladi;
aktivlar tadbirkorlik sub'yektlariga aktivlar bozor qiymatining kamida o‘n besh foizini oldindan to‘lash va to‘lovlarning qolgan qismini har yili teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilayotgan aktivlardan foydalanish va ularni saqlash bo‘yicha xarajatlar mahalliy byudjyetlar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
"O‘zbekneftgaz" AJ:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda nazarda tutilgan aktivlarni baholash va ommaviy savdolarga qo‘yish jadvallarini tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda nazarda tutilgan aktivlar keyinchalik "O‘zbekneftgaz" AJning ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ulushi, shuningdek, neft-gaz tarmog‘i tashkilotlarining ustav kapitallaridagi (fondlaridagi) davlat ulushi va "O‘zbekneftgaz" AJ va uning aksiyadorlik jamiyatlari ulushi berilayotgan aktivlarning qoldiq (balans) qiymatiga kamaytirilgan holda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga berilishini ta'minlaydilar.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026