Joriy yilning 27 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yiğilişi bölib ötgani, deputatlar Davlat byudjyetining va davlat maqsadli jamğarmalari byudjyetlarining 2018 yil I yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini körib çiqişgani xabar berilgandi.

Joriy yilning I yarmi yakuniga köra, mamlakat yalpi içki mahsuloti qariyb 153 trillion sömni, bu borada ösiş ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizni taşkil etdi. 

Şu bilan birga, 2017 yilning mos davriga nisbatan sanoat – 6,1 foizga, qişloq, örmon va baliq xöjaligi – 2,7 foizga, quriliş – 9,7 foizga, savdo, yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar – 1,7 foizga, boşqa xizmatlar sohasi – 5 foizga ösişiga erişildi.

2018 yilning birinçi yarmida Davlat byudjyeti tasdiqlangan parametrlarga muvofiq amalga oşirilib, 144,3 mlrd. söm yoki yalpi içki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilişi ta'minlangan.

Hisobot davrida Davlat byudjyeti daromadlari 33 161,5 mlrd. sömni taşkil qilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 47,7 foiz ösişiga erişilgan, belgilangan reja 4 863,7 mlrd. sömga ortiği bilan yoki 117,2 foizga bajarilgan.