Moskvaning Tver tuman sudi siyosatçi Aleksey Navalniyni ma'muriy qoidabuzarliklar töğrisidagi kodeksning “Ommaviy tadbirni taşkillaştiriş va ötkaziş qoidalarini takroran buziş” moddasiga köra 30 sutkaga hibsga oldi. Navalniy 2018 yil 28 yanvarda ötgan “Saylovçilar zabastovkasi” aksiyasi uçun hibsga olingan.

Navalniy 26 avgustda uyi yonida uşlangan. “Saylovçilar zabastovkasi” aksiyasi iştirokçilari prezident saylovlarini boykot qilişga çaqirişgan.

42 yoşli siyosatçi may oyida ham Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarşi umummilliy namoyişni taşkillaştirgani uçun 30 kunlik qamoq jazosiga mahkum etilgandi. U 90dan ortiq şaharda “Putin bizning podşoh emas” şiori ostida namoyişlar uyuştirgan.