Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQŞ prezidenti Donald Tramp va Vaşingtonga bölgan munosabatini özgartirdi, deya ta'kidlaydi Associated Press agentligi.
Fransiya yetakçisi Parijda fransuz elçilari oldida qilgan 90 daqiqalik çiqişi davomida kelgusi yilda mamlakatning diplomatik ustuvor yönalişlari uçun yöl xaritasini ma'lum qildi, deyiladi materialda.
Yangi yöl xaritasiga qaraganda, Makron AQŞga bölgan munosabatini özgartirdi, deya ta'kidlaydi agentlik. Bu hattoki «bromans» (ikki erkaklar örtasidagi yaqin döstona munosabatlar) deb atalgan, Makron bilan Tramp örtasidagi namoyişkorona munosabatdan farq qiladi.
Uning nutqi Yevropa ittifoqini mavjud çaqiriqlarga qarşi kuraş olib boriş maqsadida kuçaytirişga qaratilgan edi.
2017 yilgi saylovlardan buyon Makron Trampni Parijdagi iqlim kelişuvidan va Eron yadroviy bitimidan çiqmaslikka işontirişga urinib keldi. Şuningdek, Fransiya rahbari Trampni Yevropadan pölat va alyuminiyga bojlar joriy etmaslikka çaqirdi. Ammo Makronning sa'y-harakati behuda böldi, deya qayd etadi AP. Parijdagi nutqida Makron Yevropa ittifoqini AQŞga tayanmasdan, öz himoyasi uçun köproq mas'uliyatni öz zimmasiga olişga çaqirdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Makron bilan xavfsizlik va savdoni muhokama qilgani xabar berilgandi.












