Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Makron bilan xavfsizlik va savdoni muhokama qildi
Foto: Charles Platiau/Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, «turli masalalar» bo‘yicha Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.
Trampning ta'kidlashicha, Makron bilan «juda yaxshi» telefon muloqot o‘tkazgan.
«Biz xavfsizlik va savdo kabi turli masalalarni muhokama qildik», - deya qayd etib o‘tdi Tramp.
Qo‘shma Shtatlar prezidentining qo‘shimcha qilishicha, bugun unda yana ko‘plab qo‘ng‘iroqlar va muhokamalar rejalashtirilgan. Xususan, u Apple bosh direktori Tim Kuk bilan birga kechki ovqatda bo‘ladi. U, Trampning so‘zlariga ko‘ra, «AQShda katta miqdorda pulni investitsiya qilmoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putinga maktub yuborgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
00:18 / 18.11.2022
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi
13:48 / 04.05.2022