Özbekiston boks jamoasining yana bir vakili Osiyo öyinlari yarim finaliga çiqdi.

 -60 kg vazn toifasida turnirga taşrif buyurgan Şunqor Abdurasulov çorak final jangini qirğizistonlik Qodirbek Argen uluga qarşi ötkazdi va ğalabaga erişdi.

Abdurasulov raqibini 3:2 (28:27, 28:27, 27:28, 27:28, 28:27) hisobida mağlub etib, yarim finalga yöl oldi.

Endi uning yarim finaldagi raqibi tailandlik Juntrong Rujakran böladi. Yarim final jangi 31 avgust kuni ötkaziladi. Bu boksçi çorak finalda indoneziyalik Papendang Farrandni 5:0 hisobida mağlub etgan.

Biroz oldinroq Özbekiston jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov indoneziyalik Suguro Aldomsni 4:1 hisobida yengib, yarim finalga çiqqandi.

Bugun özbekistonlik yana bir boksçi, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov çorak final jangini ötkazadi. Uning yarim final yölidagi raqibi janubiy koreyalik Lim Hyunçul böladi.