Indoneziyada Osiyo öyinlari davom etmoqda.
Özbekiston boks jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Jasurbek Latipov çorak final bosqiçida indoneziyalik Suguro Aldomsga qarşi jang qildi va ğalaba qozondi.
Hakamlar Özbekiston vakilining 4:1 (30:27, 30:27, 28:29, 29:28, 30:27) hisobidagi ğalabasini e'lon qilişdi va Latipov yarim finalga yöl oldi.



U endi 31 avgust kuni qirğizistonlik Azat Usenaliyev bilan final yöllanmasi uçun jang qiladi. Usenaliyev çorak finalda şimoliy koreyalik O Tay Bumga heç qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0.
Bugun şuningdek, -60 kg vazn toifasidagi Şunqor Abdurasulov va -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov çorak final janglarini ötkazişadi. Abdurasulovning raqibi qirğizistonlik Qodirbek Argen ulu bölsa, Baturov janubiy koreyalik Lim Hyunçulga qarşi ringga kötariladi.











