Rossiyalik muxolifatchi Putinning vorisini ma'lum qildi va «juda ko‘p qon» haqida gapirdi
Rossiyalik muxolifatchi, yozuvchi Eduard Limonov jurnalist Yuriy Dudga bergan intervyusida Rossiya davlatining kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi. Dastur YouTube’dagi «vDud» kanalida seshanba, 28 avgust kuni e'lon qilindi.
Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aniq vorisi yo‘q. "Ehtimol, ular eng kam qarshilik ko‘rsatish yo‘lidan borishadi: ya'ni sadoqatli va sinovdan o‘tgan bosh vazir Dmitriy Medvedev, yoki Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko bor», - dedi u.
Intervyu oxirida Limonov «50 yildan keyin Rossiya bilan nima bo‘ladi», degan savolga javob berdi. U «juda og‘ir» va «juda ko‘p qon» bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
Iyun oyida Rossiyaning «Birinchi kanal»i «Pozner» dasturini efirdan olib tashlagani ma'lum bo‘lgandi. Unda Limonov bilan suhbat bo‘lgan.
Aprel oyida Limonov Rossiyaning qulashi uchun asosiy shartni ma'lum qildi. «Rossiya yo‘qolmaydi, chunki rus xalqi Yevropadagi eng yirigidir. Mamlakatning faqat Yevropadagi qismida 118 million fuqarosi bor. Qayerga ham borardik? Agar bizni qandaydir o‘ta qattiq genotsidga yo‘liqtirishsa, o‘shandagina biz yo‘q bo‘lib ketamiz», - deya ma'lum qilgandi Limonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Times nashri yulduzlar Putinga yordam berayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
13:11 / 12.11.2024
Siyosatshunos Gallyamov: Tramp Putin uchun tuzoq qo‘ymoqda
09:58 / 12.11.2024
Putin Kursk oblastini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarmoqchi
22:35 / 11.11.2024