Sochlar chiroyli ko‘rinishi uchun nima iste'mol qilish kerak?
Go‘zallik avval odamning ichida paydo bo‘ladi. Bu ayniqsa sochlar yaltirashi, sog‘lom va yaxshi o‘sishiga tegishli. Bunday natijaga erishish uchun ratsionga qanday mahsulotlarni kiritish kerakligi haqida aytib beramiz.
Qovoq urug‘i va kunjut
Har ikki mahsulot tarkibida sink bor. Bu mikroelement soch to‘kilmasligi uchun zarur. Bundan tashqari, sinkning yetishmasligi hatto sochlar to‘kilishiga olib keladi. Qovoq urug‘ining o‘zini yoki salatlar, krem-sho‘rvalarga qo‘shgan holda iste'mol qilish mumkin. Kunjutni esa tovuqqa ziravor sifatida qo‘shish mumkin. U yanada totli bo‘lishi uchun uni quruq tovada 2-3daqiqa qovurib oling.
Non kepagi
Yuqori navli un ishlab chiqarilayotganida don qobig‘i ko‘rinishidagi chiqindilar qoladi. Bu kepak. O‘zining estetik bo‘lmagan kelib chiqishiga qaramay, u organizm uchun juda foydali. Uning tarkibida sochlar salomatligi va go‘zalligi uchun zarur bo‘lgan V vitaminlar guruhi bor. Bundan tashqari, kepak organizmni a'lo darajada tozalaydi. Uni ichimliklarga qo‘shish, non tayyorlash mumkin. U nafaqat bug‘doy, balki suliniki bo‘lishi ham mumkin.
Banan
Bananlarda kepakda bo‘lgani kabi V guruhi vitaminlari, jumladan V7 — biotin ham bo‘ladi. Ular yana kayfiyatni ko‘taradi va iste'mol uchun yoqimli. Ularni shu holicha iste'mol qiling yoki smuzi tayyorlang.
Jigar
Ko‘pchilik bu mahsulotni xush ko‘rmaydi. Ayollarda temir yetishmovchiligi ko‘p kuzatiladi. Aynan shu sababli sochlar to‘kilishi yoki nursiz bo‘lishi mumkin. Jigar esa oson hazm bo‘ladigan temir manbai. Agar sizga mol jigari ta'mi yoqmasa, u holda tovuq jigarini tatib ko‘ring: u tez tayor bo‘ladi. Uni suvda pishirilgan grechka bilan birgalikda iste'mol qiling. Ana o‘shanda organizm uchun temirning katta miqdori kafolatlanadi. Aytgancha, jigarda yana oqsil miqdori ham ko‘p. U esa sochlar uchun ham zaruriy qurilish materiali.
Tuxum
Birinchidan, uning tarkibida oqsil va yog‘larning optimal miqdori bor. Bu esa tuxumni sog‘lom ratsionning zaruriy qismiga aylantiradi. Bundan tashqari, tuxum tarkibida A, D, Ye, V guruhi vitaminlar mavjud.
Mavzuga oid
15:19
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
16:09 / 04.11.2024