Ukraina MDHning ustav organlaridagi öz vakolatxonasini avgust oyida yopdi. Bu haqda MDH Ijroiya qömitasi raisi Sergey Lebedev ma'lum qildi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

Şunga qaramay, uning sözlariga köra, Ukraina bilan aloqalar davom etmoqda.

«Biz afsus bilan şuni aytişimiz mumkinki, Ukrainaning Hamdöstlik ustav organlaridagi vakolatxonasi avgust oyida yopildi, biroq biz Ukraina bilan aloqada bölib turibmiz, bu Minskda Ukrainaning Belarusdagi elçixonasi orqali amalga oşirilmoqda», - dedi Lebedev. 

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Ukrainani Hamdöstlik tarkibidan çiqmagan, «u hamon iştirokçi davlat bölib turibdi».

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenkoning jurnalistga javobi ijtimoiy tarmoqda bahs-munozaralar keltirib çiqargandi.