Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning jurnalistga javobi ijtimoiy tarmoqda bahs-munozaralar keltirib chiqardi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning jurnalist Ivan Kazora tomonidan berilgan savolga qo‘pol javobi videoga tushib qoldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini g‘azablantirdi. Yozuv jurnalist Andrey Loxmatov tomonidan feysbukdagi sahifada e'lon qilindi.
Yozuvdan ko‘rish mumkinki, jurnalist Poroshenkoga Ukraina prezidenti Nikolayevdagi maydon, shahar markaziy stadioni va davlat ahamiyatiga ega yo‘llarni rekonstruksiya qilish uchun ajratish haqida va'da bergan byudjyet mablag‘lari borasida savol berishga uringan.
Ammo Poroshenko mikrofonni keskin ushlab, qo‘li bilan yopib qo‘ygan va jurnalistga nimadir aytgan. Kazora so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti: «Sen chiqsang, men senga aytib beraman», degan.
Shundan so‘ng, qo‘riqchilar, shuningdek, Nikolayev ma'muriyatining rahbari Aleksey Savchenko Poroshenkoni jurnalistlardan o‘rab olishgan.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida Ukraina davlati rahbarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lishdi, ayrim foydalanuvchilar «bunday prezidentdan uyalishgan»i haqida aytishgan.
«Poroshenko o‘zi va jamoasi bu yerda hech narsa qilmaganini yana bir bor tasdiqladi», - deya ta'kidlab o‘tgan foydalanuvchilardan biri.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani mamlakatda g‘alayonlar keltirib chiqarishda ayblagandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026