2018-2019 öquv yilida oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayoni yangidan takomillaştirilgan me'yoriy hujjatlarga köra taşkil etilişi belgilandi. Bu haqida Milliy matbuot markazida Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi va OAV vakillari bilan bölib ötgan uçraşuvda Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri birinçi örinbosari Odil Abdurahmonov batafsil ma'lumot berib ötgan.

«Yangi öquv yilida bir qança islohotlarni amalga oşirişga harakat qildik. Xususan, bu yilda talabalar özlaştirişini baholaş tizimi takomillaştirilgan körinişda joriy etiladi. Bunda avvalgi 100 ballik tizimdan voz keçiladi va 5 ballik baholaş kiritiladi. Şu jumladan, pedagogning yakuniy nazorat imtihonlaridagi iştirokini istisno etiş amaliyoti qöllaniladi. Navbatdagi özgarişlardan biri «ustoz-şogird» an'anasini joriy etiş maqsadida öquv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-öqituvçilar «vaqt me'yorlari»ning yangi mexanizmlari tasdiqlanadi. Oliy ta'lim muassasalarida pedagog xodimlarni tanlov asosida işga qabul qiliş yangi tartibi belgilanadi. Bitiruvçi talabalar topşiradigan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari optimallaştiriladi va asosan bitiruv malakaviy işlari yoki mutaxassislik fanlaridan davlat imtihonlariga e'tibor beriladi», deya Abdurahmonovning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Anjumanda, şuningdek, bir qator yangiliklar aytib ötilgan. Respublikadagi 5ta oliy ta'lim muassasasida 2018-2019 öquv yilidan qöşma diplom dasturi asosida bakalavr va magistratura bosqiçlarida kadrlar tayyorlaş boşlanadi. Bunda xorijiy va mahalliy OTMlar bilan «2+2» va «3+1» dasturi asosida öquv jarayonini taşkil etiş yuzasidan özaro kelişuv amalga oşiriladi. Ikki tomonlama şartnoma asosida talabalar xorijda mutaxassisliklari böyiça maksimal 4 semestr davomida amaliyot ötaşlari mumkin. Ayni paytda vazirlik tomonidan xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 8ta filial, 22ta qöşma fakultet, 46ta ikki tomonlama qöşma dasturlarni joriy etiş asosida kadrlar tayyorlaşni yölga qöyiş böyiça muzokaralar ötkazilyapti.















