26 avgust kuni Toşkentda Atrof-muhitga ta'sirni baholaş tizimi (ATBT) va uni Özbekistonda tatbiq etiş zarurati mavzusidagi seminar bölib ötdi. KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, tadbir Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) hamda Yevropa xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) qöllab-quvvatlaşi ostida Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan taşkil etilgan. Tadbirda Oliy Majlis Senati vakillari, Qonunçilik palatasi, vazirliklar va idoralar, şuningdek nodavlat-notijorat taşkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalari vakillari iştirok etişdi. 

Foto: ÖzA

Atrof-muhitga ta'sirni baholaş tizimi va uni Özbekistonda tatbiq etiş zaruratiga doir seminarni ötkazişdan maqsad - davlat ekologiya ekspertizasi sohasidagi milliy qonunçilikni Espo Konventsiyasi qoidalari va boşqa xalqaro standartlarga muvofiq takomillaştirişga oid takliflarni tayyorlaşda kömaklaşiş.

Seminarda dastlab Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi örinbosari, YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining atrof-muhit masalalari böyiça mintaqaviy maslahatçisi Saraango Radnaaragçaa hamda MOMEMning Özbekistondagi filiali rahbari Şahnoza Umarovalar sözga çiqişdi. 

Tadbirning asosiy moderatorlari sifatida esa huquqiy masalalar böyiça xalqaro ekspert Yerji Yendroşka va huquqiy masalalar böyiça xalqaro maslahatçi Andrey Andruseviç iştirok etdi. 

Seminarning birinçi qismida ATBT konsepsiyasi, Espo Konventsiyasi va boşqa xalqaro standartlarga muvofiq atrof-muhitga ta'sirni baholaş töğrisidagi Konventsiya muhokama etildi. Loyihaviy faoliyatni amalga oşirişga ruxsat oliş tizimida ATBT va davlat organlarining roliga alohida e'tibor qaratildi. Xalqaro ekspertlar Konventsiya qoidalari va boşqa xalqaro standartlarga muvofiq atrof-muhitga ta'sirni baholaş milliy tizimi masalasini körib çiqişning maqsadga muvofiq bölişini qayd etişdi. 

Tadbirning ikkinçi qismi ATBT jarayonlariga taalluqli faoliyat turlari, transçegaraviy jarayonlar hamda bu jarayonlarda davlat organlarining rolini muhokama qilişga bağişlandi. 

Seminar söngida muhokamalarga yakun yasalib, Özbekistonda zamonaviy ATBTni işlab çiqişni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan tadbirlarni ötkazişga doir keyingi qadamlar belgilab olindi.