Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar “yashil” yo‘lak orqali ov quroli gilzalarini olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
“Samarqand” xalqaro aeroportiga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro J.B. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazoratidan o‘tayotganida uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka xolislar ishtirokida tekshirilganda, sumkada jami 50 dona 16 mm kalibrli ov quroli gilzalarini yashirib o‘tilayotganligi aniqlandi.
Unga nisbatan bojxona xodimlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sud qaroriga ko‘ra, ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-19-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi hamda ov quroli gilzalarini davlat foydasiga musodara qildi.
Yil boshidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan jami 158 ta gilzalarning noqonuniy olib kirilishga chek qo‘yilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:21 / 09.04.2026
Samarqanddagi qurilishda ishchini tuproq bosib qoldi
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026