Özbekiston Respublikasi birinçi prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxona öz işini boşladi. Bu haqda Islom Karimov fondi xabar bermoqda.

Kutubxona öziga xos tarixga ega binoda joylaşgan. Istiqlolning dastlabki yillarida Özbekiston Respublikasining birinçi prezidenti bu binoda keng jamoatçilik vakillari bilan uçraşgan, xorijiy davlatlarning mamlakatga taşrif buyurgan dastlabki delegatsiyalarini qabul qilgan. Bu yerda Islom Karimov çet el davlatlarining birinçi elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib olgan. “Oqsaroy” qurilganidan keyin binoda birinçi prezidentning matbuot xizmati faoliyat yuritgan.

Kutubxonaning oçiliş marosimida birinçi prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, keng jamoatçilik, ilmiy va madaniy doira vakillari iştirok etdilar.

Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz
Foto: fondkarimov.uz