Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Bekobod shahri aholisi bilan muloqot qildi. Toshkent viloyatida 62ta ko‘p qavatli uy quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahridagi «Mustaqillikning 27 yilligi» massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Bekobodda 90 mingdan ziyod aholi yashaydi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida shaharda beshta yetti qavatli uy qurib bitkazilmoqda. Davlat rahbari taklifi bilan "Mustaqillikning 27 yilligi massivi" deb nomlangan mazkur yangi mavzeda odamlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Uylarni qurishda eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda, xonadonlarga energiyatejamkor isitish qozonlari o‘rnatilmoqda.
Prezident shu yerda shahar aholisi bilan muloqot qildi. O‘zbekiston metallurgiya kombinatida va Bekobod shahrida yangi korxonalar ishga tushirilib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilgani, qurilayotgan uy-joylar va ijtimoiy obektlar odamlar turmush darajasini oshirgani ta'kidlandi. Davlatimiz rahbari joriy yilda Olmaliq, Yangiyo‘l, Bekobod, Nurafshon shaharlarida 2604 xonadondan iborat 62 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishini ma'lum qildi.

Shu yerda Ohangaron shahridagi Amir Temur ko‘chasini rekonstruksiya qilish, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Ohangaron tumanlarida namunaviy uylar qurish, viloyatda ichimlik suv tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi.




Mavzuga oid
15:32 / 12.03.2026
Bekoboddagi pichoqbozlik bo‘yicha yana 4 o‘smir hibsga olindi
14:10 / 24.02.2026
Bekobodda O‘zbekiston–Boshqirdiston texnoparki quriladi
10:34 / 16.12.2025
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper”ga xotini yordamlashgani ma’lum bo‘ldi
12:23 / 12.11.2025