Bugun, 29 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang şaharlarida XVIII yozgi Osiyo öyinlari davom ettirilmoqda.
Özbekiston boks terma jamoasi a'zosi, Rio Olimpiadasi çempioni Hasanboy Dösmatov turnir yarim finalga yöl oldi.
U çorak finalda qirğizistonlik Mirlan Turkbay uluni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Endi uning final yöllanmasi uçun raqibi xitoylik Vu Jonglin böladi.



Bugun yana 3 nafar özbekistonlik boksçi, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov (16:15), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov (12:30) va -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov (17:15) ham çorak final janglarida ringga çiqadi.
28 avgust kuni ötkazilgan bahslarda Özbekiston boks jamoasining uç vakili Jasur Latipov (-52 kg), Şunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) öz janglarida ğalaba qozonib, Osiyo öyinlari yarim finaliga çiqqandi.
Yarim final janglari 31 avgust kuniga belgilangan.











