Ukraina prezidenti Petr Poroşenko mamlakat taşqi işlar vazirligiga Rossiya bilan döstlik, hamkorlik va şeriklik töğrisidagi şartnomani bekor qilişga tayyorgarlik köriş topşiriğini berdi. U bu haqda 28 avgust kuni ma'lum qildi, deb xabar berdi «Yevropeyskaya pravda».

«Bugun biz yetarliça tayyorgarlik körilgan va yuridik jihatdan himoyalangan yana bir qadamni taşlaşga – Moskva aybi bilan allaqaçon eskilik sarqitiga aylangan Ukraina va RF örtasidagi döstlik, hamkorlik va şeriklik töğrisidagi şartnomani bekor qilişga yetib keldik», — dedi u Ukraina xorijiy diplomatik muassasalari rahbarlari bilan uçraşuvda.

Ukraina prezidenti TIV allaqaçon tegişli topşiriqni olganligini va Kiyev yaqin vaqt içida kerakli qadamni taşlaşini ma'lum qildi.

Poroşenko şuningdek, Ukrainaning Rossiyadan iqtisodiy va energetik mustaqillikka erişişi zarurligini eslatib ötdi.

Rossiya va Ukraina örtasidagi döstlik, hamkorlik va şeriklik töğrisidagi şartnoma 1997 yil mayda imzolangandi. 2008 yil oxirida hujjat yana 10 yil muddatga uzaytirilgan. Mart örtalarida Ukraina TIV uni töxtatişning bir neçta variantlarini tayyorlagandi.  

Kiyev va Moskva örtasidagi munosabatlar 2014 yil martda Qrimning Rossiyaga qöşib olinişi va öşa yilning aprelida Donbassda nizolar boşlanganidan söng keskin yomonlaşgandi.