11:28 / 29.08.2018
4902

O‘zbekiston tennischilarining Devis Kubogidagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Foto: AFP

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Devis Kubogi Jahon guruhi yo‘llanmasi uchun Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan bellashadigan bo‘ldi. Pley-off o‘yinlarining London shahrida o‘tkazilgan qur'asi natijasi shunday bo‘ldi.

Avvalroq, o‘zbekistonlik tennischilar Pokistonni 4:1 hisobida yengib, jahon guruhining pley-off bosqichiga chiqishgandi.

Buyuk Britaniya - O‘zbekiston bahslari 14-16 sentabr kunlari Londonda o‘tkaziladi.

14 sentabr kungi match mahalliy vaqt bilan soat 12:00da, 15 sentabr kungi match mahalliy vaqt bilan soat 13:00da, 16 sentabr kungi match mahalliy vaqt bilan soat 11:00da boshlanadi.

Top