Prezidentning “Içki işlar organlari boşqaruv, nazorat va şaxsiy tarkib bilan işlaşning samarali tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi malaka oşiriş fakulteti, akademik litseylar bilan işlaş bölimi, modellaştiriş va simulyatsiya markazi hamda pedagogik kadrlar tayyorlaş kursi negizida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Malaka oşiriş instituti taşkil etildi.
Malaka oşiriş institutiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- Malaka oşiriş instituti boşliğiga boşqa oliy ta'lim muassasalari va davlat organlari, şu jumladan xorijiy malakali mutaxassislarni şartnoma asosida jalb qiliş;
- malaka oşiriş yiğinlariga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining tajribali amaliyotçi xodimlari hamda Akademiya professor-öqituvçilarini taklif etiş;
- Malaka oşiriş institutiga içki işlar organlari xodimlarini boşlanğiç tayyorlaş va malakasini oşiriş markazlarining öquv-uslubiy jarayonini muvofiqlaştiriş;
- joylarda öquv yiğinlarini ötkaziş maqsadida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining barça akademik litseylarida Malaka oşiriş institutining filiallari (auditoriyalari)ni taşkillaştiriş.












