Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etdi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida ötgan sammitda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ham qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, yetakçilar dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşib, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollarini körib çiqdilar.

Şavkat Mirziyoyev öz nutqida sönggi yillarda Markaziy Osiyoda yuz bergan ijobiy özgarişlarni qayd etdi. Özbekiston yetakçisi taʼkidlaganidek, bunda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari muhim örin tutdi.

Prezident Markaziy Osiyoni XXI asrda rivojlantiriş maqsadida döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani tuziş jarayoni yakunlanganining tarixiy ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Mintaqaviy jarayon doirasida katta va murakkab tuzilmalarni taşkil etişga intiliş yöqligi qayd etildi.

“Bizga kuçli, suveren va mustaqil davlatlar özaro hurmat, işonç va pragmatizm asosida hamkorlik qiladigan moslaşuvçan va tuşunarli format kerak”, – dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.

Şundan söng Özbekiston yetakçisi Markaziy Osiyo mamlakatlari yaqinlaşayotgan hozirgi murakkab xalqaro vaziyatga qisqaça baho berdi.

“Dunyo şiddat bilan özgarib, keskinlik kuçaymoqda, savdo va transport aloqalari qayta şakllanmoqda, yangi xatarlar paydo bölmoqda”, – dedi davlat rahbari.

Şu bois, hamkorlikning eng muhim yönalişlari böyiça kelgusidagi qöşma faoliyatni yanada yaqinroq muvofiqlaştiriş ahamiyati körsatib ötildi.

Avvalo, tarixiy, iqtisodiy va transport aloqalari mavjud mintaqalar bilan yagona hamkorlik makonini şakllantiriş ğoyasi ilgari surildi. Paydo bölayotgan imkoniyatlardan foydalanib, bu aloqalarni ança mustahkamlaş hamda savdo, transport, energetika, sanoat va yangi texnologiyalarni birgalikda rivojlantiriş böyiça aniq mazmun bilan boyitiş zarurligi taʼkidlandi.