AQŞ Janubiy Koreya, Braziliya va Argentinadan import qilinadigan pölat va alyuminiyga nisbatan yengillik joriy etdi. Prezident Donald Tramp bu borada tegişli hujjatni imzoladi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Bu uç mamlakatga pölat, Argentinaga esa qöşimça ravişda alyuminiy olib kirişda yengillik berildi. Endi bu davlatlar «amerikalik işlab çiqaruvçilar sifat va miqdor böyiça ta'minlay olmasa» öz mahsulotlarini AQŞga olib kirişlari mumkin.
AQŞga pölat va alyuminiy olib kirişga nisbatan 25 foizlik boj 1 iyundan kuçga kirgandi. Bunga javoban Yevrokomissiya Amerikadan keltiriladigan qator mahsulotlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etdi.
Iyul oxirida AQŞ va Yevroittifoq pölat va alyuminiyga nisbatan ikki tomonlama bojlarni muhokama qiliş uçun işçi guruhi tuzgani ma'lum böldi. Bundan maqsad – çeklovlar butunlay olib taşlanişiga erişiş.












