Özbekiston boks jamoasining törtinçi vakili Osiyo öyinlarining finaliga yöl oldi.
Rio Olimpiadasi çempioni, -49 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Hasanboy Dösmatov yarim finalda xitoylik Vu Jonglinga qarşi jang qildi.
3 raund davom etgan jang natijasiga köra hakamla Hasanboy Dösmatovning 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28) hisobidagi ğalabasini e'lon qilişdi.




Endi unga finalda hindistonlik boksçi Amit raqiblik qiladi. U yarim final jangida filippinlik Karlo Paalamni mağlubiyatga uçratdi.
Bungaça -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -60 kg vazn toifasida ringga çiqqan Şunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yöllanmasini qölga kiritişgandi.











